Jahon futbolida “transfermarkt.world” portalining o‘rni katta va shu bois ham Yevropaning nomdor klublari transfer siyosatini shakllantirishda ushbu portalga ishonishi barchaga ma’lum.

Transferlarga ixtisoslashgan ushbu portal ekspertlari har bir mamlakat futbolini tahlil qilib boradi. Biz uchun ahamiyatlisi, Rossiya Premer-ligasi yakunlangani munosabati bilan “transfermarkt.world” mutaxassislari mavsum davomidagi kuzatuvlar va tahlillar asosida o‘z talqiniga ko‘ra, chempionatning uchta muhim nominatsiyasi – “Yilning eng yaxshi futbolchisi”, Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” va “Yilning eng yaxshi bosh murabbiyi” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar nomini e’lon qildi.  

Unga ko‘ra, Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 32 ta bahsda raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 14 ta golli pas uzatgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “SSKA” klubi vakili Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi deya e’tirof etildi.  

Abbosbekning ayni paytdagi transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilmoqda. “SSKA” jamoasi 20 yoshli legionerimiz bilan 2026 yilning yarmiga qadar shartnoma tuzgan. Tomonlar kelishuviga ko‘ra, hamkorlik yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.  

Shuningdek, “Eng yaxshi futbolchi” nominatsiyasida “Dinamo” vakili Konstantin Tyukavin g‘olib bo‘lgan bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval  Abbosbek Fayzullayev “Mavsum kashfiyoti” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib sifatida maxsus sovrin bilan taqdirlangan edi.  

Darvoqe, umidli futbolchimizni "transfermarkt.world" portali ekspertlari Rossiya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsatgan 23 nafar eng kuchli futbolchi qatoriga qo‘shdi.  

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abbosbek Fayzullayev “Transfermarkt” talqini bo‘yicha Rossiyada eng zo‘ri