Xabar berganimizdek, Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yakunlangan jahon chempionati O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun har jihatdan omadli kechdi.

Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz vakillari 6 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.  Og‘ir atletikachilarimiz 20 ta vaznning 6 tasida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.  

Mamlakatimiz sportchilari chempionatda qanday natija ko‘rsatdi?  

Qo‘lga kiritilgan sovrinli o‘rinlarga e’tibor qaratsak, terma jamoamizning 4 nafar sportchisi 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi. Vakillarimiz ushbu natija orqali umumjamoada 7-o‘rindan joy oldi.  

Ochkolar klassifikatsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Xalqaro og‘ir atletika tasnifida 14-pog‘onaga ko‘tarildi.  

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamizning ushbu muvaffaqiyatida iste’dodli sportchilarimiz Bekzod G‘ofurjonov, Marjona Abdumutalova, Ruslan Rahmatjonov va Omadillo Olimov munosib hissa qo‘shdi. Ular sharafiga okean orti mamlakatida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz baralla yangradi.  

Peruda medallar shodasiga ega chiqqan yosh og‘ir atletikachilarimiz ertaga, 29 may kuni Toshkentga qaytib keladi.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatida nechinchi o‘rinni egalladi?