O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida:

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari (keyingi o‘rinlarda – ta’lim krediti) ajratishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibini joriy qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratish;

b) ta’lim kreditini:

oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past  bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratish (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

2. Belgilansinki:

a) ta’lim krediti:

oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;

professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi;

b) o‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan oliy va professional ta’lim tashkilotlari ta’lim kreditini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga o‘z axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.

3. Quyidagilar:

a) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024 yil 1 iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shartnomasi "kontrakt.edu.uz" va "prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantirilishini;

b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

Raqamli texnologiyalar vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2024/2025 o‘quv yili boshlangunga qadar ta’lim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ta’lim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratilishini;

“Ta’lim krediti” axborot tizimi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

        Prezidenti                                                                                                          Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2024 yil 27 may

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida