Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shaharchasida Prezidentimizning 2022 yil 29 iyuldagi “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida taekvondo va Sharq yakka kurashi turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaratilgan ixtisoslashtirilgan markaz qurib foydalanishga topshirildi.

Yangi sport zalining tantanali ochilish marosimida tuman hokimligi, Sport vazirligi, Taekvondo (WT) assotsatsiyasi, viloyat taekvondo federatsiyasi vakillari, mehnat faxriylari, sportchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.  

Tadbirda so‘zga chiqqanlar  mazkur markaz iqtidorli yosh sportchilarni tanlash, ularni kelgusida milliy terma jamoalarimizning asosiy va zaxira tarkibiga tayyorlab berishda muhim baza bo‘lishini ta’kidladi.  

Shundan so‘ng, ramziy bog‘ich kesilib, tadbir qatnashchilari markaz bilan tanishdi. Bu yerda mashg‘ulot uchun katta zal, o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida yechinish va kiyinish, yuvinish xonalari tashkil etilgan. Endi viloyat terma jamoasi murabbiylari Umid Normuradov hamda Fotima Xolmirzayeva shogirdlariga shu yerda saboq beradi.

– Yurtboshimizning tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratib berishga qaratilayotgan e’tibori samarasida shaharchamizda ushbu sport markazi barpo etilganidan nafaqat yoshlar, balki keksalar ham juda mamnun bo‘ldi, – deydi mehnat faxriysi Xolmurod Qo‘ldoshev. – Endi yoshlarimiz bo‘sh vaqtlarida sport bilan mashg‘ul bo‘ladi. Sport bilan oshno bo‘lgan kishi esa hamisha sog‘lom va bardam yuradi.  

– Dashtobod shaharchamizda bunyod etilgan  bu maskan yoshlarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi, – deydi “Parij – 2024” olimpiadasi yo‘llanmasi sohibasi Ozoda Sobirjonova. – Meni quvontirgani, “Taekvondo (WT) hamma uchun!” dasturiga ko‘ra, ushbu majmuada yoshlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va ko‘p bolali oilalarning farzandlari ham sportning taekvondo turi bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgani bo‘ldi.  

Maskanda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati, xalqaro musobaqalar va asosan kelgusi yil mamlakatimizda o‘tishi belgilangan Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha sharoit yaratilgan. Umid qilamizki, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilarimiz  safi yanada kengayadi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondo markazi ish boshladi