Ertaga, 22 may kuni Toshkentda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yig‘ilishi boshlanadi.
Bugun, 21 may kuni mazkur anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka tashrif buyurdi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor o‘tkazilayotgan WADA tizimidagi ushbu nufuzli tadbirda qatnashadigan mamlakatlarning vakillari, Osiyo antidoping tashkiloti rahbarlari kelishi davom etmoqda.
Bugungacha Falastin, Bruney, Maldiv orollari, Qirg‘iziston sport tashkilotlari rahbarlari, WADA tizimidagi milliy agentliklarning mutasaddilari, Butunjahon antidoping agentligi ijroiya qo‘mita a’zolari Toshkentga yetib kelishdi.
Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari yig‘ilishi ishtirokchilarining kelishi davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 34 ta davlat sport tashkilotlarining mutasaddilari, antidoping sohasiga mas’ul mutaxassislar ishtirok etadigan anjumanda sportda dopingdan himoyalanish tizimlarida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar muhokama qilinib, muhim qarorlar qabul qilinadi.
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) anjumanlari 23 mayga qadar davom etadi
T. Ro‘ziyev, O‘zA