Joriy yil 14-may kuni Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Mintaqaviy ekspertlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 3-4-mart kunlari Toshkentda tashkil etilgan yuqori darajadagi «BMT global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi» xalqaro konferensiyasida ilgari surilgan va xalqaro sheriklar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlanayotgan tashabbusi doirasida tashkil etilmoqda.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va ayollar masalalari qo‘mitasi, shuningdek BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar – BMT va EXHTning yuqori martabali mansabdor shaxslari, shuningdek qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish, xususan jinoiy harakatlar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish sohasidagi mutaxassislar ishtirok etadi.

Konferensiyaning ochilish marosimida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari –Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov, Bosh kotibning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze, BMT Xavfsizlik Kengashi Aksilterror qo‘mitasi Ijroiya direktorati rahbari vazifasini bajaruvchi Veysun Chen, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston delegatsiyalari rahbarlari nutq so‘zlashi kutilyapti.

Tadbirda ko‘plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan MDH Aksilterror markazi, SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash Kotibiyati, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining Parlamentlararo Ittifoqi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va BMT tuzilmalari, xususan Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi, Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasining yuqori darajali vakillari ishtiroki rejalashtirilgan.

Konferensiya qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish hamda mintaqadagi davlatlar hamkorligini institutsionallashtirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro tajriba almashishi uchun o‘ziga xos maydonga aylanadi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining yuksak darajadagi birlashuvining va mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’uliyatni birgalikda zimmasiga olishga tayyorligini yana bir bor namoyish etadi.

Tadbir doirasida «Repatriantlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilishga davlat va umumiy ijtimoiy yondashuvning ahamiyati»,  «Mahalliy jamoalar va jamoat tashkilotlarining sohadagi o‘rni» kabi muhim mavzularda seksiyalar tashkil etiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi