Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari mamlakatimizga tashrif buyuradi
Joriy yilning 12-15-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturidan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 7-yig‘ilishida ishtirok etish, Toshkent shahri, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi bir qator sanoat obyektlari faoliyati bilan tanishish o‘rin olgan.
O‘zA