Ustoz
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi “Ustoz” loyihasining bu galgi sonida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov ustoz haqida, ustozga bo‘lgan iliq munosabatni shakllantirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
— Ota-onamiz bizga ustozning kimligini tushuntirgan, anglatgan. Shundan so‘ng biz ustozni hurmat qilib, ulardan dars olganmiz. Ustozni boshimizga qo‘yib, bizdan xato o‘tgan bo‘lsa, uzrimizni so‘rar edik. Aytmoqchimanki, bolalarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda, ustoz bilan yaxshi munosabatda bo‘lishida ota-onaning o‘rni katta.
Ustoz men uchun birinchi navbatda eng yaqin do‘stdir. Men eng omadli insonman. Chunki ustozlarimning hammasi men uchun qadrli, eng yaqin insonlar bo‘lgan. Bugungi darajaga yetishishimning asosiy sababchilari ustozlarimdir, — deydi Jenisbek Piyazov.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/C8YvYRcK-cM" title="Jenisbek Piyazov: bolalarning ustoz bilan munosabatida ota-onaning o‘rni katta" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, A.Ahmedov, O‘zA