Para pauerlifting bo‘yicha Tailandda davom etayotgan jahon kubogida ayollar o‘rtasida -50 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Aqidaxon Axtamova 104 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, kuni kecha musobaqada ayollar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida Qudratoy Toshpo‘latova 122 kg natija bilan kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida -65 kg vazn toifasida Sanjar Allaberganov 177 kg natija bilan kuchli uchlikdan joy oldi va bronza medaliga ega chiqqan edi.
Pattayya shahrida o‘tayotgan jahon kubogi bugun, 11-may kuni yakunlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA