Bugun poytaxtimizda “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasinnig taqdimoti o‘tkazildi.

Energetika vazirligi va Jahon banki hamkorligida tashkil etilgan tadbirda soha mas’ullari, mahalliy va xorijlik ekspertlar, davlat idoralari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda loyihaning mazmun-mohiyati va amaliy natijasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Unda ta’kidlanishicha, Jahon bankining moliyaviy ko‘magida Energetika vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish va binolar sektorida toza energiyaga xususiy sarmoyani jalb qilish uchun muhitni rivojlantirishga yordam beradi. 

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi “Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tatbiq etiladi. U Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminovning so‘ziga ko‘ra, mamlakatimizda energiya iste’molining 50 foizi binolar sektoriga to‘g‘ri keladi. 

–22 foizi sanoat va 20 foizi esa transport sohalari iste’molini tashkil etadi. Jumladan, jamoat binolari sohasida tuman shifoxonalarida energiya sarfining qariyb 70 foizi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 84 foizi, qishloq vrachlik punktlarida 88 foizi, maktablarda esa 97 foizi isitish uchun sarflanadi. Aksariyat jamoat binolari 1970-1980-yillarda energiya samaradorligi standartlarini hisobga olmagan holda qurilgan. Ulardagi issiqlik izolyatsiyasi yomon holatda bo‘lib, harorat bo‘yicha qulaylik standartlariga javob bermaydi. Ushbu binolarda eskirgan qozonlar va haddan tashqari ko‘p energiya iste’mol qiladigan gidronik isitish tizimlari qo‘llaniladi. Mazkur loyiha doirasida Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi mamlakat bo‘ylab qishloq va shaharlarda faoliyat yurituvchi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklariga qarashli muassasalarda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtiradi. Loyihani amalga oshirish davomida 2023–2028-yillarda 500 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, shifoxonalar va poliklinikalar energiya samaradorligini oshirish maqsadida modernizatsiya qilinadi va ta’mirlanadi, – dedi U.Mamadaminov. 

[gallery-17055]

Jahon banki tomonidan 2021-yilda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va sog‘liqni saqlash muassasalarida energiya samaradorligini oshirish orqali bir yilda 7000 GVt/soatdan ortiq energiyani tejash mumkin. Shundan 6810 GVt/soatga yaqini issiqlik, 240 GVt/soatdan ortig‘i esa elektr energiyasi ko‘rinishida iqtisod qilinishi mumkin. 

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli o‘z so‘zida ushbu loyihaning tatbiq etilishi har jihatdan samarali ekanini ta’kidladi. 

–2022-yil iyun oyida Jahon banki Ijrochi direktorlari kengashi “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish uchun mamlakatga 143 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Loyiha doirasida butun mamlakat bo‘ylab jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirishga sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda. Bu ularning o‘zgaruvchan iqlimga tayyorligini oshiradi, energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi va atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartiradi, –dedi Marko Mantovanelli. 

Qayd etilganidek, loyiha asosida 500 dan ortiq ijtimoiy soha obyektining energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilangan. Ularning issiqlik izolyatsiyasi, ventilyatsiya, havoni tozalash va yoritish tizimlarining ishlashi takomillashtiriladi. Tadbirda loyihaning mamlakatda energiya samaradorligini oshirish uchun qulay muhit yaratishdagi o‘rni, rejalashtirilgan tadbirlar, kutilayotgan natijalar va loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy afzalliklari haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasi uchun 143 million dollar imtiyozli kredit ajratmoqda 