Prezident topshiriqlari – amalda

Joriy yilning mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilovga Pop tumanida naslli echkichilikni rivojlantirish topshirig‘i berilgan edi.

Topshiriqqa muvofiq, tumanda Angor zotli jun yo‘nalishidagi naslli echkichilik klasterini tashkil qilish hamda ushbu echki zotlarini O‘zbekistonda ko‘paytirib, aholi xonadonlarida "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Aholi daromadini ko‘paytirishga qaratilgan ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiyada xizmat safarida bo‘ldi.

Dastlab ishchi guruh Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Gyumen bilan uchrashib, naslli echkichilik klasterini tashkil etishda xalqaro huquq normalarining tegishli bandlarini muhokama qildi.

Shundan so‘ng Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqotlari va siyosat bo‘yicha Bosh direktorati – TAGEM, Turkiya chorvadorlar uyushmasi va boshqa sohaga aloqador ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari bilan muzokaralar olib borildi.

Aholi xonadonlarida chorva naslini yaxshilash va naslchilik borasida olib borayotgan ishlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalishda ikki davlatning mas’ul idoralari o‘rtasida yaqindan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Echkichilik klasterini tashkil etishda Turkiya tajribasi o‘rganildi