O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida qulay sharoitlarni yaratish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida endilikda mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarining elektron «E-Permit» ayirboshlash tizimi amaliyotga tatbiq etildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ma’lumotida. 

Transport vazirligi huzuridagi «Raqamli transport markazi» mutaxassislari tomonidan ushbu tizim test rejimida muvaffaqiyatli ishga tushirilgan. Natijada «E-Permit» tizimini qo‘llagan holda ilk kvotalar almashilib, yuk avtotransport vositalari «Yallama» chegara bojxona posti orqali harakatlangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, ushbu elektron tizim ilk marotaba Transport vazirligi tashabbusi bilan 2021-yilning 11-noyabrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida amaliyotga joriy etilgan.

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro yuk tashuvlari sohasida O‘zbekiston va Qozog‘iston «E-Permit» tizimini ishga tushirdi 