Bayram kunlari metro poyezdlarining harakat vaqti ma’lum qilindi
«Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmatining xabar berishicha, Ramazon hayiti kuni metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Qayd etilishicha, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprel sanasida esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA