Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Buyuk Britaniyaning "Cambridge" universiteti hamkorligida agentlik tizimidagi Prezident maktablari ijrochi va akademik direktorlari, STEM, iqtisod va biznes asoslari fanlari bo‘yicha xorijiy hamda mahalliy o‘qituvchilari uchun ilmiy-amaliy treninglar haftaligi o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv-treninglarida STEM (Science, Technology, Engineering, and Mathematics) va kompyuter ta’limi fanlari yo‘nalishida amaliy va laboratoriya ishlarini samarali olib borilishiga asosiy urg‘u berildi.  

Trening pedagog kadrlarning 2024-yilga mo‘ljallangan "Cambridge" o‘quv dasturiga kiritilayotgan yangilik va o‘zgarishlarni o‘rganishini ta’minlaydi. Shuningdek, jarayon zamonaviy ta’lim amaliyotiga mos keladigan metodika va usullarni qamrab olib, ishtirokchilarning umumiy o‘qitish mahoratini oshiradi. Amaliy shakldagi o‘quvlarga e’tibor qaratilganda, o‘qituvchilar amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Bu, ayniqsa, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash va tajribalar o‘tkazish asosiy komponentlari bo‘lgan STEM fanlarini o‘rganishda juda foydalidir.

"Cambridge" o‘quv dasturi butun dunyoda tan olingan bo‘lib, ushbu o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qitish o‘qituvchilar va ularni o‘qitish usullarini xalqaro ta’lim standartlariga moslashtiradi.

Shuningdek, bu kabi o‘quv-treninglari o‘qituvchilarga yangi aloqalarni o‘rnatish, tajriba almashish va amaliyotchi pedagoglar hamjamiyatini yaratish imkoniyatini yaratadi.

O‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlardan tashqari, trening o‘qituvchilarning umumkasbiy va shaxsiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi, ularning kasbiy o‘sishi istiqbollarini oshiradi.

[gallery-16686]

Haftalik yopilish marosimida "Cambridge University Press&Assessment" xalqaro ta’lim tashkilotining Yevropa va O‘rta Osiyodagi ta’lim islohotlari bo‘yicha rahbari Stiv King, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, "Cambridge" universiteti professor-o‘qituvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H. Umarova mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’limga berilayotgan katta e’tibor samarasi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani xususida so‘z yuritdi. Jumladan, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan erishilayotgan yutuqlar, xalqaro va mahalliy olimpiadalarda qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, xorijiy til bilish sertifikatlari va o‘quvchilarning nufuzli xalqaro universitetlarga grant asosida muddatdan oldin qabul qilinayotgani qayd etildi. Bunda nufuzli xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbirlar alohida ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Prezident maktablarining 236 nafar o‘qituvchi hamda maktab boshqaruv jamoasi a’zolari mazkur treninglarda yangilanayotgan "Cambridge" o‘quv dasturlarini tubdan tushunish, mazkur o‘quv dasturlariga mos keladigan keng qamrovli dars rejalarini ishlab chiqish, laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish, "Cambridge" yangi ta’lim metodikalari, baholash strategiyalaridan foydalanish va ularni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda milliy o‘quv dasturlariga integratsiya qilish kabi yo‘nalishda bilim va malakasini oshirdi.

Mazkur treninglarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar to‘liq ingliz tilida, tarjimonlarsiz olib borildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, agentlik tizimidagi barcha maktablar, jumladan, Prezident maktablari o‘qituvchilarini ta’limdagi so‘nggi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishtirish, o‘qitishning innovatsion metodikalarini o‘rganish va ular asosida darslarni tashkil etish maqsadida tizimda izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda. O‘qituvchilar nufuzli xorijiy ta’lim tashkilotlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab qaytmoqda.

Kamola YUSUPOVA, Rustam NAZARMATOV (surat) O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglar ilmiy-amaliy trening haftaligida mahorat oshirdi