Yaqin o‘tmishdagi uy-joy siyosati bilan bog‘liq muammolar deyarli har bir yurtdoshimizni tashvishga solgan. Ayniqsa, “propiska” masalasi, shaharlar, viloyatlar markazidan, ayniqsa, Toshkent shahridan uy sotib olish ko‘pchilikni bezdirib qo‘ygani aniq.

Oldin odamlarning uy-joy olishi uchun 10-20 yillab umri ketgan. Shu yillar ichida ham uy ololmaganlar qancha? Davlatimiz rahbari ana shunday minglab odamlarning dardini aritdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy va mustahkam irodasi bilan boshlangan yangi uy-joy siyosati odamlar hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi, jamiyatimizning yangi qiyofasini shakllantirdi.  

Buni aniq misollarda kuzatadigan bo‘lsak, 2017-yildan buyon 326 mingta yangi uy-joy foydalanishga topshirilgan. Bu davrda uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi aholi jon boshiga 18 foizga oshdi. Oxirgi uch yilda 210 ming oilaga 33 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi, ehtiyojmand 73 ming oilaga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari uchun 1,3 trillion so‘m subsidiya berildi.  

Sohaga bozor tamoyillari joriy qilinib, yuzlab xususiy buyurtmachi kompaniyalar shakllandi. Seysmik xavfsiz va energiya tejamkor yig‘ma temir-betonli ko‘p qavatli uylarni qurish bo‘yicha 11 ta yirik klaster paydo bo‘ldi.  

O‘tgan yili mamlakatimiz bo‘yicha 85 mingta xonadon qurilgan bo‘lsa, joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan. Eng muhimi, ularning realizatsiyasi yanada soddalashmoqda. Joriy yilning 12-martida yangi uy-joylar hamda «Yangi O‘zbekiston» massivlari qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari ushbu yo‘nalishda aholi va quruvchilar uchun ko‘plab tashabbuslarni e’lon qildi.  

2024 yilgi ipoteka dasturi qanday bo‘ladi?  

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari aholi va quruvchilarni birdek xursand qiladigan yangi imkoniyatlarni e’lon qildi. Keling, ushbu yangiliklarni tahlil qilamiz.  

Qayd etilishicha, endilikda garovga olinadigan uy-joylarni sug‘urtalash talabi bekor qilinadi. Bu orqali odamlarning kamida 5 million so‘mlik harajati tejaladi. Natijada ipoteka krediti rasmiylashtirish tezlashadi.  

– Davlatimiz rahbari ta’kidlab o‘tganidek, sug‘urta masalasi ham kredit olishda yana qo‘shimcha to‘lovni keltirib chiqarar edi, – deydi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Elyor Komilov. – Endilikda garovga olingan uy sug‘urta qilinmaydi. Bu aholining xarajatlarini kamaytiradi. Shuningdek, uy-joy barpo etishda aholini himoya qilish tizimi joriy etiladi.  

– 2023-yilda yaxshi niyat bilan uy-joy olgandik, — deydi toshkentlik Dilfuza Mamarajabova. — Xususiy kompaniyaga borib, pul tulayotganimizda qurilish firmasi vakillari bizga quruq yerni ko‘rsatdi. – Yerning atrofi o‘ralgan edi. Qurilish firmasi shu o‘ralgan joyda chiroyli zamonaviy uy-joylar qurilishini katalogda ko‘rsatdi. Biz shunga ishonib 3 xonali uyga 100 foiz to‘lov qildik. Keyin bilsak, bizga ko‘rsatilgan yer qurilish firmasiga tegishli emas ekan. U yerga hatto uy qurilishi mumkin emas ekan. Bizni aldashganini tushundik. Men kabi 1 ming 106 ta oila aldanib qolgan ekan. Bu borada biz Prezidentga murojaat qildik. Murojaatimiz qabul qilinib, biz bilan uchrashdi. Bizga uy-joy qurib berildi. Shu o‘rinda aytish joiz, yangi qurilayotgan yoki qurilishi hali bitmagan yoxud qurilishi umuman boshlanmagan uylardan kvartira sotib olishda https://mc.uz/oz/activity/ulush-platform havolasi orqali qurilayotgan uyning ro‘yxatdan o‘tganini tekshirish lozim. Bu havola orqali hamma uchun ochiq bo‘lgan majmua va quruvchi tashkilot nomi, manzili hamda boshqa ma’lumotlarni olishi mumkin.  

Endilikda ulushdorlik  asosida uy-joy barpo etishdi aholini himoya qilish tizimi kuchaytirilib, bu borada yangi tizim joriy etiladi.  

2024-yil uchun 17 ta “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etiladi. Shu o‘rinda aytish o‘rinli, “Yangi O‘zbekiston” massivlari bugun shahar ichidagi kichik shaharchaga aylanmoqda. Shu kungacha hududlarda 38 ta ana shunday shaharchalar bo‘y ko‘rsatgan bo‘lsa, joriy yilda ular qatoridan yana 17 ta yangi massivlar joy oladi. Ushbu massivlarda infratuzilma barpo qilishga bu yil 8 milliard so‘m yo‘naltiriladi.  

– “Yangi O‘zbekiston” massivlarida maktab, bog‘cha va tibbiyot maskanlari quriladi. Bu ham servis vasavdoni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat, – deydi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Elyor Komilov. – Qolaversa, yo‘l infratuzilmasi, ichimlik suvi, elektr va gaz bilan ta’minlanadi. Asosiy maqsad shuki, yashash hududidan uzoq bo‘lmagan masofada ishlash sharoitini yaratish ko‘zda tutilgan. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida sifat, tannarx va muddat aniq belgilab berildi.  

Uy-joy sotib olishdagi yana bir qulaylik, ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasidan bu yil banklarga 1,2 trillion so‘m miqdorida mablag‘ joylashtiriladi. Bu degani ipoteka kreditidan foydalanadigan oilalar soni 4000 taga ko‘payadi.  

Yana bir yangilik. Ko‘p qavatli uy-joy qurilishida 2000 ta pudratchi jalb qilinadi. Endi 5 qavatli uy-joy qurilishida kamida “qoniqarli”, 9 qavatli uy-joyga “o‘rta qoniqarli” reytingiga ega bo‘lgan pudratchilar jalb qilinadi. Bu ko‘p qavatli uy-joy qurishda qo‘shimcha 2000 ga yaqin pudratchiga yo‘l ochib beradi. 10 mingta oila uchun ham yaxshi imkoniyat. Shuni ham aytish joiz, quruvchilar uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar yaratilmoqda.  

Uy-joy narxining keskin oshib ketishining oldini olish bo‘yicha yangi choralar ko‘rilmoqda. Albatta, bu maqsadga erishish uchun eng avvalo bozorda taklifni ko‘paytirish zarur. Taklifni ko‘paytirish maqsadida qurilish kompaniyalari yangi moliyaviy imkoniyatlar bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu yil pudratchilarga kreditlar uchun kafillik berish va foiz xarajatlarini qisman qoplashga Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Pudratchilarning aylanma mablag‘ini ko‘paytirish uchun 500 milliard so‘m resurs yo‘naltiriladi. 

Shuningdek, ipoteka kreditlari yillik 16 foiz stavkada 12-yillik imtiyozli davri bilan 18 oyga ajratiladi. Uy qurilishi uchun maxsus texnikalar importi bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozi 1-yilga uzaytiriladigan bo‘ldi.  

Endilikda uy-joy qurilishida “yashil” standart joriy etiladi. “Yashil” standartlar har ikki tomon uchun, ya’ni quruvchiga ham uyni sotib olgan aholiga ham muhim. “Yashil” standartlar ekologiya uchun ham ahamiyatli. Quruvchilarga “yashil” standart asosida quriladigan uy-joylar uchun kreditlar ham pastroq foizlarda beriladi.  

Mahalla yettiligi asosida o‘z hovlisida uy qurish va ta’mirlashga 120 million so‘mgacha ipoteka krediti ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Shu o‘rinda aytish joiz, kredit kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kirgan turar joyi nochor oilalarga beriladi. Bunda kreditning 15 foizi va dastlabki besh yilda foiz stavkasining 6 foizgacha bandi byudjetdan qoplab beriladi. Dastlabki yillarda bu yengilliklardan har bir mahallada 5 ta ehtiyojmand oilaning uy-joyi yaxshilanadi.  

Bu yil ilk bora Ipotekani moliyalashtirish uchun 22,5 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Byudjetdan ajratilgan 12,3 trillion so‘m hisobidan 9,5 trillion so‘mlik ipoteka krediti moliyalashtiriladi. Daromadi yuqori bo‘lmagan 20 mingta oilaga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovini qoplash uchun 2,3 trillion so‘m beriladi. Banklarga ham bu jarayonda o‘z mablag‘lari hisobidan yana 9 trillion so‘m beriladi. Shundan 6 trillion so‘mi ipoteka kreditlariga, 3 trillion so‘mi pudratchilarning aylanma mablag‘ini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.  

Bir so‘z bilan aytganda, joriy yilda tarixda ilk marotaba 100 mingta uy-joy quriladi. 1-iyulga qadar 20 mingta xonadon, 1-oktyabrgacha yana 44 mingta xonadon foydalanishga topshiriladi. Shu yilning so‘ngiga qadar bu raqam 100 mingtani tashkil etadi. Buning natijasida minglab uy-joyga muhtoj oilalarning ko‘p yillik orzulari ushaladi. Bu yangiliklar uy-joy qurilishi sohasida yangi bosqich sifatida baholanmoqda.  

Shahnoza Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy-joy qurilishi yangi bosqichda: joriy yilda tarixda ilk marotaba 100 mingta uy-joy quriladi