Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Yig‘ilishda vazirlar va hokimlar tizim tashkilotlari tomonidan ekilgan ko‘chatlarning unib-o‘sishi va to‘g‘ri parvarish qilinishiga alohida e’tibor berishi lozimligi ta’kidlandi.
Yana bir muhim masala – so‘nggi vaqtlarda daryolar, tabiiy suv havzalarida elektr bilan baliq ovlash ko‘payib ketayotganiga e’tibor qaratildi. Bu yilning o‘zida 39 ta holatda elektr bilan, 436 ta to‘r bilan noqonuniy baliq ovlash aniqlangan.
Mutasaddilarga bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi. Brakonerlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilindi.
O‘zA