Livanning Beyrut shahrida stol tennisi bo‘yicha “WTT Youth Contender” turniri o‘tkazilmoqda. Turnirda stol tennischilarimiz turli toifalarda muvaffaqiyatga erishdi.

Jumladan, U13 toifasida Rahmatillo Abdurashidov oltin, Husan Iskandarov esa kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Adelina Hasanova qizlar orasida oltin, Eleonora Shiriyeva kumush medal sohibi bo‘ldi. U17 yosh toifasida Arujan Kamalova hamda Asel Yerkebayeva finalda o‘zaro raqobatlashdi va unda Arujanning qo‘li baland keldi. Yigitlar bahsida Xurshid Ahmedov bronza medali bilan taqdirlandi. 

Aralash juftlikda Amir Shiriyev va Eleonora Shiriyeva tandemi bronza, Rahmatillo Abdurashidov hamda Adelina Hasanova dueti kumush, Asel Yerkebayeva va Xurshid Ahmedov juftligi oltin medal bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, bugun U19 toifasidagi aralash juftlik bahslari finalida Husan Iskandarov va Arujan Kamalova oltin medal uchun kurashadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh stol tennischilarimiz Livanda muvaffaqiyatga erishdi