Butunjahon boks kengashi (WBC) mart oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Undan 8 nafar bokschimiz o‘rin oldi.

Jumladan, superog‘ir vaznda Bahodir Jalolov o‘tgan oydagi o‘rniga nisbatan 1 pog‘ona ko‘tarildi va 12-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, supero‘rta vazn toifasida jang qiladigan Bektemir Meliqo‘ziyev 13-o‘ringa chiqib oldi. Yarimo‘rta vazndagi Shahram G‘iyosov o‘tgan oydan ikki pog‘ona yuqorilab, 12-o‘rinni egalladi. Ushbu vazndagi ikkinchi bokschimiz Jahongir Rasulov esa hamon 32-o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, birinchi yarimengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev to‘rtinchi, Mirazizbek Mirzaxalilov 27,  yengil vazn toifasida Olimjon Nazarov 32, birinchi o‘ta yengil vaznda Hasanboy Do‘smatov 5-pog‘onadan o‘rin egalladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz WBC reytingida ko‘tarildi