Namanganning ishbilarmonlik muhiti xitoylik investorlarni o‘ziga jalb etmoqda
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya joriy yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurgan edi. Jarayonda o‘rnatilgan hamkorlik ortidan Xitoy Xalq Respublikasining yana bir yirik kompaniyasi – “AVIC” bosh menejeri janob Xan Jun boshchiligidagi delegatsiya Namanganga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimi mehmonlarni qabul qilib, Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Viloyatda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xitoylik investorlar erkin hamda kichik sanoat zonalariga katta qiziqish bildirdi.
[gallery-16551]
- Namanganga o‘tgan yil oktyabr oyida kelgan edim, - deydi xitoylik investor Xan Jun. - O‘tgan qisqa vaqt ichida viloyatda katta o‘zgarishlar yuz beribdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda qator loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlash kerak, joriy yil yanvar oyida Xitoyga tashrif davomida viloyat delegatsiyasi tomonidan 3,2 milliard AQSH dollarlik 32 ta loyiha yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA