Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Andijon shahrining qator hududlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Prezidentimizning joriy yil 4-martdagi “2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Andijon viloyatining tuman, shahar va mahallalarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari, yarmarkalar va boshqa turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.  

Andijon shahrining Markaziy hamda Dehqon bozorlari, shuningdek, 17 ta mahalla guzarida ish boshlagan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari rastalaridan “Andijon bozorlar uyushmasi”, “Andijongo‘shtsutsavdo”, “Andijonbaliq” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, viloyatdagi agrofirmalar, parrandachilik korxonalari va savdo tashkilotlarining mahsulotlari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan, ishlab chiqarilgan 50 yaqin turdagi meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan.

Hamyurtlarimizning bayram dasturxonlari to‘kin bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu savdo yarmarkalari shahar aholisi uchun katta qulaylik yaratmoqda. Qolaversa, savdoga qo‘yilgan mahsulotlar narxi bozordagiga nisbatan arzon. Bundan tashqari, namunali xizmat ko‘rsatilishi, plastik kartalar orqali ham savdolarning yo‘lga qo‘yilganligi ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda.

– Yarmarkadagi mahsulotlarning bozorga nisbatan 20-25 foiz arzon narxda sotilayotganligidan xursandmiz, – deydi Andijon shahridagi Barkamol mahallasida yashovchi, mehnat faxriysi Oygul Eshmurodova. – Bir kilogramm mol go‘shtini 65 ming so‘m, tuxumning donasini 1000 so‘m, tovuq go‘shtining kilosini 25 ming so‘m, baliq 16-30 ming so‘m, guruch turiga qarab, 15-22 ming, shakar 13 ming so‘mdan sotilayotganligi andijonliklarga bayram tuhfasi bo‘lmoqda.  

[gallery-16487]

Xalqimiz uchun mehr-oqibat, ezgulik timsoliga aylangan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan mazkur savdo yarmarkalari aholiga qulaylik yaratish bilan birga, bayram arafasida narx-navo ko‘tarilib ketishining oldini olishga, aholining turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Navro‘z bayrami oldidan bu kabi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari barcha tuman va shahar markazlarida ham tashkil etildi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi