Hamyurtimiz, professional boksda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining o‘n beshinchi jangini 20-aprel kuni Las-Vegasda o‘tkazadigan bo‘ldi.
Mazkur professional boks kechasida markaziy jang Rayan Garsiya va Devin Xeyni o‘rtasida o‘tadi. Hozirda tashkilotchilar charm qo‘lqop ustamizga mos raqib qidirmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Bektemir Meliqo‘ziyev hozirda AQSHda shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bokschimiz so‘nggi jangini 2023-yil oktyabr oyida Alantes Foksga qarshi o‘tkazgan va texnik nokaut orqali g‘alaba qozongan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA