O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” nomli mashhur balet 16-17-mart kunlari Ozarbayjon Davlat akademik musiqali teatri sahnasida namoyish etildi. Bu haqda “Trend” ma’lum qildi.

Mashhur nemis xoreografi Raul Raymondo Rebekning ajoyib spektakli UNESCO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy xalq raqsi Lazgiga bag‘ishlangan.

Xorazm viloyati davlat filarmoniyasi raqqosasi Gulnoz Ortiqova ta’kidlashicha, Dubay, Moskva, Sankt-Peterburg, Germaniya, Turkiya kabi ko‘plab mamlakatlar, shaharlarda namoyish etilgan mazkur asar ustida 4-yil ishlangan.

– Madaniyatimiz yaqin, tilimiz o‘xshash, cholg‘u asboblarimiz hamohang, – dedi  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri yetakchi raqqosasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Hamroyeva. – Eng muhimi, xalqimiz va mumtoz san’atimizga nisbatan mehrimizni boshqa mamlakatlar ahliga ham yetkazish imkoniga ega bo‘ldik. Ushbu spektakl O‘zbekiston balet truppasi va folklor san’atkorlari tomonidan yaratilgan eng ajoyib loyihalardan biridir.

“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti syujeti asrlarga borib taqaladi, Buyuk ipak yo‘li, Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat qilgan karvonlar davrini eslatadi. Cho‘l jaziramasida shamanlar qo‘shig‘i ostida Sevgi uyg‘onadi va o‘lmas Ruh abadiy raqsini boshlaydi. O‘tmishdan kelajakka xayoliy sayohat – ko‘p asrlik an’analar va xalq temperamentini o‘zida mujassam etgan Ko‘ngil va uni barcha davrlarda kuzatib boradigan Sevgi hikoyasi. Xalq tarixi, ajdodlar xotirasi, ruhlar ovozi in’ikosi bo‘lgan asarning har bir bo‘limida zamonlar o‘rtasidagi bog‘liklik kuchayadi. Oxir-oqibat “Jon va ishq” ajralmas bir butunlikka aylanadi.

Balet markazida raqsga bo‘lgan muhabbat, hayot hikoyasi tarannumi yotadi. Xalq donishmandligi timsoli, cheksiz sir-asrorga burkangan, uch ming yillik tarixga ega Xorazm raqsi namoyish etiladi. Maftunkor energiya, o‘tli harakat, murakkab raqs naqshiga asoslangan o‘ziga xos uslub – bularning bari Lazgini ajoyib madaniy hodisaga aylantirgan.

O‘zbekiston Milliy baletining mazkur namunasi ilk bor 2021-yil omma e’tiboriga havola etilgan va o‘sha zahoti shov-shuvga aylanib, tomoshabinlarning yuqori bahosiga sazovor bo‘lgan.

Asarni yaratishda zamonaviy usta san’atkorlardan tashkil topgan xalqaro jamoa ishlagan. Musiqa bastakor Davidson Giakonelloga, ajoyib to‘plam va yorug‘lik effekti dunyoga mashhur yapon multimedia rassomi Yoko Seyamaga tegishli. Libretto muallifi va xoreografi mashhur nemis raqqosi, Dortmund baleti xoreografi, Yoshlar baleti badiiy rahbari Raul Raymondo Rebekdir.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonda ilk bor “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi”