Filippinning Manila shahrida suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Chempionat doirasida suv polosi bo‘yicha musobaqalar boshlandi.

Unda erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Suv polochilarimiz "A" guruhidagi dastlabki uchrashuvni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazib, yakunda 14:10 hisobida g‘alaba qozondi. Endi vakillarimiz ertaga ikkinchi turda Tailand terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida jami 10 ta terma jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda raqobatlashmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Saudiya Arabistoni, Tailand, Yaponiya va Xitoy terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati: Suv polochilarimiz ilk bosqichni g‘alaba bilan boshladi