Jazoyirda stol tennisi bo‘yicha “WTT Youth Contender” musobaqasida yosh tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Unda Amir Shiriyev 11 yoshgacha bo‘lganlar toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

15 yoshgacha bo‘lgan qizlar (U15) toifasida Asel Yerkebayeva musobaqa finaligacha yetib bordi va kumush medal sohibiga aylandi. Ushbu yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar bellashuvida Temurbek Nurmonov bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa “WTT Youth Contender” musobaqasi yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza, jami 8 medal jamg‘ardi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stol tennischilarimiz Jazoyirda 8 medal sohibi bo‘ldi