Turkiyaning Antaliya shahrida Xalqaro etnosport konfederatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan VI Xalqaro etnosport forumida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov Turkiya yoshlar va sport vaziri Osmon Ashkin Bak bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistondagi sport ob’ektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni olib kirish, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, mahoratli sportchilarni tayyorlash tizimidagi tajribalarni o‘rtoqlashish, sport-ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalar va sohada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimidagi o‘ziga xos jihatlar borasida fikrlashildi.
VI Xalqaro etnosport forumi 18 fevralga qadar davom etadi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA