Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tayotgan “Strandja” xalqaro turnirida chorak final bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu bosqichda O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi va yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Unda Asilbek Jalilov, Hasanboy Do‘smatov, Shahzod Muzaffarov, Dilshod Abdumurodov, Abdumalik Xalakov, Adhamjon Muhiddinov, Iqboljon Xoldorov, Fazliddin Erkinboyev va Javohir Ummataliyev o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozondi.
Bugun, 10 fevral kuni musobaqaning yarim final bahslariga start beriladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA