Xabaringiz bor, yaqinda “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlar nimalardan iborat? Veterinariya va chorvachilik tarmoqlarida qonuning ushbu o‘zgartirishlari qanday ahamiyat kasb etadi?

Bu savollarga Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Yuridik bo‘lim mutaxassisi Temur Abdullayev javob berdi.  

– Mazkur o‘zgartirishlar qonunning asosan 10 va 13-moddalariga taalluqli.  

O‘zgartirishlar Prezidentimizning  2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2022 yil 31 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan kiritildi.

Ya’ni, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti sifatida qayta tashkil etilganligi munosabati bilan “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasidagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti” so‘zlari “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti” so‘zlari bilan almashtirildi.  

O‘zgartirishning asosiy mohiyati shundaki, bunda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti faoliyati ko‘lamini kengaytirish, sohada innovatsion ta’lim va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati ustidan vakolatli organlar tomonidan o‘tkaziladigan barcha nazorat tadbirlari Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilini xabardor qilgan holda o‘tkazilishi belgilanishi munosabati bilan “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasi to‘rtinchi xatboshisidagi “moneliksiz” so‘zi “belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirildi.

Ya’ni, Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlari davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi ob’ektlarga moneliksiz kirish emas, balki belgilangan tartibda kirish vakolatiga ega ekanligi belgilandi.

O‘zA muxbiri  

Ikrom Avvalboyev yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar qanday ahamiyatga ega?