Portugaliyada dzyudo bo‘yicha Gran-pri xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 3 medalni qo‘lga kiritdi.

Turnirda dunyoning 90 mamlakatidan 624 nafar dzyudochi raqobatlashmoqda. Musobaqaning -70 kg. vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan hamyurtimiz Gulnoza Matniyozova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Gulnoza finalga qadar Lxagvadulam Saransetseg (Mo‘g‘uliston), Elena Deng (Avstriya), Alina Lengveiler (Shveysariya), Lussi Jarrot (Fransiya), Aoife Kouchlan (Avstraliya) kabi raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Gulnoza Matniyozovaga mazkur natija jahon va Olimpiada reytingining 490 ochkosini keltirdi. Shuningdek, terma jamoamizning yana ikki nafar a’zosi Obidxon No‘monov (-73 kg.) va Nurbek Murtazoyev (-81 kg.) turnirni kuchli beshlikda yakunladi va jahon hamda Olimpiada reytingi uchun 252 ochkoga ham ega bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulnoza Matniyozova Portugaliyada kumush medal sohibasi bo‘ldi