Senatning nazorat-tahlil faoliyati doirasida ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratining yangi mexanizmlari joriy qilindi.

Ya’ni, asosiy e’tibor hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga qaratildi. Senat nazorat bilan cheklanmasdan, u yoki bu yo‘nalishdagi mavjud muammolarni hal qilishda mutasaddi vazirlik, idora va hududlarga ko‘maklashish, birgalikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.  

Bu Senatning qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida alohida qayd etildi.  

– O‘tgan yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashish bo‘yicha investitsiyalarni jalb qilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalarini rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va ularga qulay shart-sharoit yaratish va shu kabi qator dolzarb masalalarga ustuvor ahamiyat qaratildi, – dedi Senat Raisi Tanzila Norboyeva. – Mazkur tamoyil asosida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm hamda vodiy viloyatlarida, shuningdek, poytaxtning Yakkasaroy tumanida alohida o‘rganishlar o‘tkazilib, har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, alohida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.    

Shu asosda olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan hududlardagi mahalliy kengashlar, hokimliklar, qolaversa respublika vazirlik, idoralari bilan doimiy muloqot qilindi.  

Joylardagi muammolarga yechim topishda byudjet omiliga, ya’ni, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir loyihalarning Davlat byudjeti parametrlari va maqsadli dasturlariga kiritilishiga ustuvor ahamiyat qaratildi.  

Xususan, Senat takliflari asosida 150 ga yaqin loyihaga 2024 yilgi Davlat byudjeti doirasida qariyb 1 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.  

Umuman, mazkur amaliyot doirasida 2020 yildan buyon Senat takliflari asosida joylardagi 5 mingdan ziyod muammoli masalani (maktab, bog‘cha, kasalxona, suv, yo‘l va h.k.) hal qilishga jami 11 trillion so‘mdan ziyod byudjet mablag‘lari yo‘naltirildi.  

Norgul Abduraimova,  

Nosir Haydarov (surat),  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat taklifi bilan 5 mingdan ziyod muammoni hal qilishga 11 trillion so‘m yo‘naltirildi