O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq,2024 yildan boshlab tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan hisobot va statistika ma’lumotlari bekor qilinadi.
Endi davlat organlari va tashkilotlari har yili 1 sentyabrga qadar Statistika agentligiga hisobot turlarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni kiritib boradi.
Statistika agentligi har yili 1 dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida hisobot turlarini maqbullashtirish choralarini ko‘radi.
Mazkur qarorga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.
Yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilish taqiqlanadi.
hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi, hisobotlarni qog‘oz shaklida topshirish tartibi bekor qilinadi.
2026 yil 1 yanvarga qadar "tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti" orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi Yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.
"Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasi Yagona hisobotlar tizimi operatori hisoblanadi.
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Yagona hisobotlar tizimi orqali hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun - ixtiyoriy;
- yil 1 yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari uchun - majburiy;
- yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun - majburiy.
O‘zA