Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ayni kunlarda qisqa muddatli mehnat ta’tilida bo‘lganligi bois, ilg‘or yoshlar yetakchilaridan biri Dilmurod Rahimjonov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bundan ko‘zlangan  maqsad zamonaviy bilim va tafakkurga ega, tashabbuskor kadrlarni tayyorlash, yoshlarga o‘z rahbarlik qobiliyatini to‘la namoyon etishi uchun imkoniyat berishdir.

Viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqaruv apparati xodimlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda D.Rahimjonov hokimlik jamoasiga tanishtirildi.

Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rahimjon Boboyev viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev tashabbusi bilan amaliyotga tatbiq etilayotgan ushbu tajribaning ahamiyati haqida to‘xtaldi.

 D.Rahimjonov  belgilangan kun tartibiga muvofiq viloyatdagi investitsion loyihalar, ijtimoiy soha ob’ektlari, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, hududlarda sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: 28 yoshli D.Rahimjonov 2022 yildan buyon Guliston shahar Do‘stlik mahallasi yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat  ko‘rsatib kelmoqda. U 2023 yilda o‘tkazilgan "Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi"  Respublika tanlovida g‘oliblar safidan o‘rin egallagan.

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar yetakchisi vaqtinchalik viloyat hokimi bo‘ldi