"Hududgazta’minot" AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, Toshkent shahrining Yangihayot, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlari hududlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, 5 yanvar kuni quyidagi hududlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Yangihayot tumani “Yangi turmush” MFY:
Aholi iste’molchilari – 890 ta
Ulgurji iste’molchilar – 1 ta (14:00 dan 17:00 gacha).
Sergeli tumani “Madadkor” va “Ziynat” MFY:
Aholi iste’molchilari – 3989 ta
Ulgurji iste’molchilar soni – 4 ta (14:00 dan 16:00 gacha).
Mirzo Ulug‘bek tumani Sho‘rtepa, Moxlaroyim, Binokor, Jasorat, Uzumzor, Sh,Burxonov, Oyishaxonim, Turon, Gulnor va Sarbaland ko‘chalari:
Aholi iste’molchilari – 582 ta
Ulgurji iste’molchilar – 13 ta (14:00 dan 18:00 gacha).
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, mazkur hududlarda tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA