Qirg‘iz Respublikasidan O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan qariyb 2 kilogramga yaqin “gashish” moddasi qo‘lga tushdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlanib, sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

Quva tumanida yashovchi F.Sh. shulardan biri. Ilgari ham sudlanib, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. U D.T., A.B. hamda qirg‘izistonlik “Nurlan” ismli shaxslar bilan giyohvandlik moddasi savdosining jinoiy rejasini tuzishadi. F.ning vazifasi ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini O‘zbekistonga o‘tkazishda yordam berish edi. A.B. va F.Sh.lar avtomashinasini garovga qo‘yib, 7 ming AQSH dollari olishadi. F.ning ko‘rsatmasi bilan A.B. Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi “Nurlan” ismli shaxs bilan uchrashgan. Undan 5 ming AQSH dollariga giyohvandlik moddasini sotib olib, O‘zbekiston hududiga o‘tkazib berishga kelishgan.

D.T. Quva tumanidagi chegara hududida ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini qabul qilib olib, F.ning topshirig‘iga asosan Andijon tumani Chem mahallasida A.B.ga yetkazgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda A.B. juda ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini kelgusida sotishni maqsad qilgan vaqtda daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi. 

Sud-kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, olingan vosita “gashish” giyohvandlik moddasi bo‘lib, sof og‘irligi 1986 grammligi aniqlangan. Sud hukmiga ko‘ra, F. Sh.ga 10 yil 6 oyga muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvandlik kontrabandasi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi