O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi iste’molchilarni chegirmalar haqidagi yolg‘on reklamalar yoki chegirmali tovarlar xarid qilishda muammolar yuzaga kelgan taqdirda shikoyat qilishlikka chaqirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi mavsumiy chegirmalar bo‘yicha kelgan ko‘p sonli shikoyatlar qo‘mitaning e’tiborini tortdi. Davlat organi xodimlari masalani o‘rganib chiqib, ayrim yirik savdo tarmoqlari daromad olish maqsadida chegirmali manipulyatsiyadan foydalanishlarini tasdiqladi. Ular dastlab narxlarni ancha oshirib, keyin tovarlarning haqiqiy qiymatini qo‘yadi. Natijada, iste’molchi tovarni ancha arzon narxda xarid qildim, degan o‘yga boradi. 

“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, sotuvchi iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasida nomaqbul reklamaga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Bunday qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda 1159 raqami orqali qo‘mitaning koll-markaziga murojaat qilish mumkin. 

Afsuski, savdo tarmoqlarining yolg‘on chegirmalardan foydalanishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar mavjud. Ko‘pincha sotuvchilar o‘z tovarlariga chegirmalar e’lon qilinganligi haqidagi reklamani tarqatadi. Biroq, bu chegirmalar talab qilinmagan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatangina belgilanganini aytishmaydi. Xaridor bu haqida faqat do‘konga kelgandan so‘ng xabardor bo‘ladi. Vijdonsiz sotuvchilar o‘z mahsulotlari atrofida sun’iy shov-shuv yaratish maqsadida blogerlarning yordamidan foydalanadi. Ular o‘z bloklari va kanallarida bu tovarlarni maqtab chiqadi va obunachilar bunga ko‘r-ko‘rona ishonib qoladi. 

Xorijiy mamlakatlarda bu kabi holatlarni bartaraf qilish maqsadida Internetdagi reklamaga yangi talablar qo‘yilmoqda. Xususan, blogerlar obunachilarni chalg‘itmaslik uchun o‘z kontentlarida reklama haqidagi postlarni ko‘rsatib o‘tishi zarur. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soxta chegirmalarga qarshi kurash boshlandi