Ma’lumki, bu yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31 yil to‘ladi. Bu yilgi bayram tadbirlari yanada o‘zgacha muhitda o‘tmoqda. Boisi, barchamiz bilamizki, joriy yilda Bosh qomusimiz umumxalq ovozi, xalqimizning xohish-irodasi bilan yangi tahrirda qabul qilindi. Unda ko‘plab yangi normalar o‘z ifodasini topdi. Xususan, yoshlar masalasiga alohida ustuvorlik berildi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator yangiliklar mustahkamlab qo‘yildi.

Bu borada O‘zLiDeP Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Otabek Sobitov bilan Asosiy qonunimizdagi aynan yoshlarga oid masalalar haqida suhbatlashdik. 

— Otabek, avvalo, yoshlarning faol bir vakili sifatida Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish, targ‘ib qilish jarayonlarida faol ishtirok etdingiz, minglab yoshlar ichiga kirib bordingiz, ularning fikr va takliflarini o‘rgandingiz. Suhbatimizni shundan boshlasak. Ya’ni, Konstitutsiyamizning yangilanishiga nisbatan, aynan yoshlarga oid normalar borasida yurtimiz yoshlarining qarashlari, munosabati qanday bo‘ldi? 

— Har bir rivojlangan davlatning Konstitutsiyasi o‘sha davlatning pasporti deya e’tirof etiladi. Mamlakatimizda joriy yilda o‘ta muhim siyosiy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilib, umumxalq ovozi bilan yangi tahrirdagi Bosh qomus qabul qilindi. Bu jarayonda aholi, asosan yoshlar orasida Konstitutsiyaviy qonun loyihasini targ‘ib-tashviq qilgan vaqtimizda yoshlarning o‘zlaridan ko‘plab takliflar tushdi. Xususan, loyiha yuzasidan 227 mingdan ortiq takliflar tushgan bo‘lsa, ularning 60 foizga yaqini bevosita yoshlar tomonidan berildi. Chunki Konstitutsiyada yoshlar huquqlari o‘z ifodasini topdi, ma’lum ma’noda ularning jamiyatdagi o‘rnini aks ettiruvchi asosiy qonundir. 

Hududlarda yurib, yoshlarimizning fikr va takliflarini o‘rgandik. Ular Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha, uning har bir moddasi bo‘yicha o‘z munosabatini, takliflarini berishgani jamiyatda huquqiy madaniyat, siyosiy plyuralizm rivojlanayotganidan darak beradi. 

Birgina misol sifatida Qomusimizda alohida bir bob “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangani alohida e’tiborga molik. Buni tarixiy bob deyish mumkin. Bu bobni taklif qilgan ham aynan yoshlarning o‘zlari. Aslida har bir bob yoshlar uchun, yoshlarning manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ushbu bobdagi moddalarda yoshlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishi, ta’lim-tarbiya olishga oid huquqlari mustahkamlab qo‘yilgani yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibordan darak. Qolaversa, yoshlarning so‘zi, fikri, qarashlari Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topgani bugun mamlakatimizda ortga qaytmas darajadagi islohotlarning tadrijiy natijasini ko‘rsatadi. 

— Darhaqiqat, Konstitutsiyamizning “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan bobi haqida to‘xtaldingiz. Ushbu bobdagi 79-moddaga ko‘ra, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Jamiyatdagi faol yoshlar vakili sifatida siz shaxsan o‘zingizning faoliyatingizda bu kabi normalar qanchalik ahamiyatli bo‘layapti deb o‘ylaysiz? Ularning amaldagi ifadasini o‘z hayotingizda his qilayapsizmi? 

— 79-modda haqiqatan yoshlar moddasi deyish mumkin. Chunki yoshlarimizning siyosiy huquqi bo‘ladimi, ekologik, iqtisodiy yoki ta’lim olish kabi ko‘plab huquqlari ayni shu moddada muhrlab qo‘yildi. 

Davlatimiz rahbari 2017 yilda BMT Bosh assambleyasining sessiyasida Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyani qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi. Bu, avvalambor, Prezidentimiz dunyo yoshlarini o‘ylagani hamda O‘zbekiston yoshlarini qo‘llab-quvvatlaganining ifodasi bo‘ldi. 

Yoshlar huquqlari Konstitutsiyada alohida moddalarda mustahkamlab qo‘yilgani yurtimiz yoshlari davlat tomonidan himoya qilinishidan dalolat beradi. Yoshlar o‘z huquqlaridan samarali foydalanishmoqda. Masalan, yosh tarbirkorlarni oladigan bo‘lsak, ularning ulushi so‘nggi 7 yilda 3 baravardan 6 baravargacha ko‘paygani va bu raqam yildan-yilga ortayotganini ko‘rishimiz mumkin. 

Bundan tashqari, biz ta’lim olyapmiz. Bu bilan bitta huquqimiz ta’minlanyapti. Ertaga oila quramiz — uy-joy olish huquqlarimiz, shu bilan birga, bandlik huquqlarimiz kafolatlanadi. 

Bugun Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamenti instituti faoliyat ko‘rsatyapti. Bu bizning siyosiy jarayonlardagi faolligimiz hamda siyosiy-huquqiy madaniyatimiz oshishiga xizmat qiladi. Yoshlar komissiyasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan hamkorlikda yoshlarning muammolarini ko‘taryapmiz, qonunchilikka takliflar bera olyapmiz. Bugun mahalladan boshlab vazirliklargacha yoshlarning huquqlarini ta’minlaydigan yaxlit tizim yaratildi. 

Yoshlarning huquqlari Konstitutsiyaviy darajada kafolatlandi. Endi nima masala qoldi desangiz, endi oldimizda Konstitutsiyamizning ijrosini ta’minlash masalasi turibdi. Konstitutsiya kuni faqat bayram emas, bu sarhisob. Ya’ni, yil davomida konstitutsiyaviy huquqlar, inson huquqlarini ta’minlash, inson qadrini yuksaltirish borasidagi ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Mazkur jarayonlarda yoshlarning ham faol ishtirok etayotgani, ularning o‘z o‘rni borligi quvonarli, albatta. 

Birgina O‘zLiDePni oladigan bo‘lsak, bugun 1 million 300 mingdan ortiq a’zolarimizning 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Yoshlar partiyalarimizga ishonch bildiryapti, o‘zining muammolari bilan partiyaga murojaat qilyapti. Yoshlar parlamenti va partiyamiz hamkorligida “Yoshlar minbari” degan platforma tashkil qilinib, bu platforma asosida yoshlarning muammolarini o‘rganib, vazirlik va idoralar bilan birgalikda ularni hal qilish tizimi yaratildi. 

— Bugungi yoshlarimizning siyosiy jarayonlarga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan shaxsiy daxldorligi qanday? 

— Bugungi yoshlar kechagi yoshlar emas. Bugungi yoshlarning aqliy rivojlanishi, bilim darajasi juda yuqori. Ular bilim olyapti, kitob o‘qiyapti, islohotlarimizning kuzatuvchisi emas, balki bevosita ishtirokchisi bo‘lishyapti. Yoshlar biror huquqi buzilsa, bee’tibor bo‘lmayapti, o‘z haq-huquqlarini talab qilayapti. Ularning siyosiy-huquqiy madaniyati kundan-kunga oshib bormoqda. Bu esa ijobiy baholanadi. Nega? Chunki demokratik huquqiy davlat va jamiyat qurish jarayonlarida eng asosiy masala xalqning siyosiy-huquqiy madaniyati yuqoriligi bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtai nazardan yoshlarimiz har jabhada faol va tashabbuskor ekanligi quvonarli. 

PS: Suhbatning to‘liq shaklini quyidagi videohavola orqali ko‘rish mumkin. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9hQNvt4Wek8" title="Yangilangan Konstitutsiyada yoshlar masalasi ustuvor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Yoqub Meliboyev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilangan Konstitutsiyada yoshlar masalasi ustuvor (+video)