Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Transport vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda qayd etilishicha, jamoat transportida to‘lovlar 

shaffofligini ta’minlash, yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishni rag‘batlantirish va avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini rivojlantirish maqsadida jamoat transporti tizimida yangi, qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etildi.

Joriy yilning 1 noyabridan Toshkent shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun cheklangan tarif 2 000 (ikki ming) so‘mni, qatnov uchun bir martalik to‘lov elektron to‘lov tizimi – bank kartalari hamda ATTO transport kartasi orqali amalga oshirilganda rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda – 1 700 (bir ming yetti yuz) so‘mni tashkil etishi belgilandi.

Yangi tabaqalashgan tarif rejalariga ko‘ra, Transport kartalaridan (ATTO) foydalangan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar joriy etildi. Ya’ni, bir soat ichida birinchi avtobusda to‘lov 1 ming 700 so‘mni, ikkinchi avtobusda to‘lov 700 so‘mni, uchinchi va keyingi avtobuslarda to‘lov 0 so‘mni, bir soat ichida metrodagi to‘lov 1 ming 700 so‘mni, birinchi avtobusda to‘lov 1 ming 100 so‘mni, ikkinchi avtobusda to‘lov 700 so‘mni, uchinchi va keyingi avtobuslarda to‘lov 0 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, bir soat ichida birinchi avtobusda to‘lov 1 ming 700 so‘mni, metrodagi to‘lov 1 ming 100 so‘mni, ikkinchi avtobusda to‘lov 700 so‘mni, uchinchi va keyingi avtobuslarda to‘lov 0 so‘mni tashkil etadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yo‘lovchi birinchi transportga chiqishida to‘lov qilingan vaqtdan boshlab hisob davri boshlanadi.

Bir soatlik tarifda metrodan faqat bir marta foydalanishga ruxsat etiladi. Ikkinchi marta metrodan foydalanganda 60 minutlik hisob davri yangidan boshlanadi.

Qo‘shimcha ravishda yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan foydalanishda, uning turidan qat’iy nazar, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklangan va cheklanmagan tarif rejalari joriy etildi. Bunda, ushbu tariflardan foydalanuvchi yo‘lovchilar belgilangan vaqt davrida cheksiz qatnovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tabaqalashgan tarif rejalariga ko‘ra uchinchi va keyingi avtobuslarda yurish bepul