Toshkent shahrida “Ona va bola salomatligiga atrof-muhitning ta’siri” mavzusida 11-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tomonidan xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan anjumanda 15 ta davlatdan 30 ga yaqin yetakchi ekspert, olim va mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-amaliy markazlari vakillari ishtirok etyapti.  

Ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalasi muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda ekologik muammolar globallashuvi, atrof-muhit – iqlim o‘zgarishi sharoitida kelajak avlod salomatligini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.  

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti 30 yildan ziyod vaqt davomida Orolbo‘yida atrof-muhitning aholi salomatligiga ta’siri bilan shug‘ullanadi. Mazkur yig‘ilish tajriba, fikr va ilmiy ma’lumotlar almashish uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi, deyish mumkin.  

– Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tomonidan har ikki yilda tashkil etiladigan xalqaro anjuman yurtimizda ona salomatligi, bola parvarishi bilan bog‘lik muammolarga yechim topishni maqsad qilgan, – dedi institut rektori, konferensiya boshqaruv raisi o‘rinbosari Oral Ataniyazova. – Bu yilgi tadbir xalqaro hamkorlar bilan birga ekologiya ta’siri, iqlim o‘zgarishi ortidan paydo bo‘layotgan kasalliklarning oldini olish, muhim taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqishga xizmat qilmoqda.  

Ona va bola salomatligiga jiddiy yondashuv asosida xalqaro hamjamiyat vakillari tajribasini o‘rganish muhim. Xalqaro tashkilotlar – Bolalar salomatligi, atrof-muhit va xavfsizligi xalqaro tarmog‘i – INChES, Atrof-muhit uchun shifokorlar xalqaro jamiyati – ICDE a’zolari butun mintaqada sog‘liqni saqlash sohasida muhim ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, hamkorlikda qator loyihalarni muvofiqlashtirish zarurligiga urg‘u qaratdi.  

Konferensiyaning birinchi kunida JSST, INChES, O‘zbekiston ilmiy markazlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari tabrik yo‘lladi. Turli mavzularda taqdimotlar namoyish etildi.  

Shuningdek, ona va bola salomatligini muhofaza qilishning dolzarb masalalari, global muammolar, havo sifati, ovqatlanish, atrof-muhitning bolalar rivojlanishiga ta’siri kabi qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.  

Dasturga ko‘ra, tadbirning ikkinchi kunida ham YUNISEF, Niderlandiya, Turkiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Hindiston, Germaniya, Koreya, Rossiya, Serbiya ekspertlari, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar qilinmoqda.  

Ayni paytda xalqaro anjuman “Pestitsidlar va salomatlik”, “Suv va salomatlik”, “Metallar va salomatlik” kabi mavzularda panel sessiyalar shaklida davom etmoqda.  

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilinadi.  

O‘zAni kuzatib boring. Birozdan so‘ng Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Oral Ataniyazova bilan batafsil intervyu e’lon qilinadi.

<iframe width="887" height="499" src="https://www.youtube.com/embed/3iYAZCmAKQk" title="Халқаро конференция: иқлим ўзгариши ортидан пайдо бўлаётган касалликларнинг олдини олиш" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,  

O‘zA muxbiri  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro konferensiya: iqlim o‘zgarishi ortidan paydo bo‘layotgan kasalliklarning oldini olishga qaratilgan muhim taklif va tashabbuslar