Chet ellik o‘qituvchilar bilan eksklyuziv suhbat

Tunlar bedor izlar nur, ziyo,
Igna bilan choh qazib, go‘yo,
O‘ttiz bola, o‘ttiz xil dunyo,
Oson tutmang, o‘qituvchiga!

Taraqqiyot yo‘lida ma’mun,
El-yurt uchun ishlar tun-u kun,
Mas’ul ular kelajak uchun,
Oson tutmang, o‘qituvchiga!

Maktab – ulug‘ qo‘rg‘onim, desa,
Ilmim – yuksak parvozim, desa,
Quvnang, bola ustozim, desa,
Oson tutmang, o‘qituvchiga!

O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti davrida ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari aniq belgilangan. Bu jarayonda yoshlarimiz munosib bilim olishi uchun jamiyatning har bir a’zosi mas’ul, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

O‘qituvchining maqomini oshirish, obro‘sini ko‘tarish, ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitni yaxshilash yo‘lida bot-bot yangi hujjatlar imzolanayotgani, sohani taraqqiy ettirishga qaratilgan turli anjumanlar tashkil etilayotganiga guvohmiz. Shu o‘rinda yurtimiz ta’lim tizimiga malakali xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etgan holda, yoshlarimizga saboq berishning zamonaviy, ilg‘or uslublari paydo bo‘layotgani quvonarli.

Ulug‘ kasb egalari – O‘zbekiston muallimlari safida mamlakatimizdagi turli o‘quv muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan yuzlab chet ellik ustozlar ham borki, ular ham bor kuch-quvvati, aql-zakovati, malaka-yu mahorati va eng muhimi, iliq mehrini jannatmonand yurtimiz rivoji uchun bag‘ishlagan. Ular mehnatini e’tirof etish bugun biz uchun ham qarz, ham farz.

Amerika, Yevropa va Osiyoning ta’lim yuksak taraqqiyotga erishgan davlatlaridan kelgan o‘qituvchilar sabog‘ini olayotgan zakovatli yoshlarimiz Yangi O‘zbekiston kelajagini qo‘lga olishlariga hech qanday shubha yo‘q!

O‘zA muxbiri yurtimizdagi ta’lim muassasalarida turli fanlardan saboq berayotgan chet ellik muallimlarning O‘zbekiston haqidagi fikri, taassurotlari, shuningdek, Prezident maktabi tizimiga ixtisoslashgan ta’lim va islohotlarga munosabati bilan qiziqdi.

Rodan Kondes (Filippin), Toshkent shahridagi Prezident maktabi matematika o‘qituvchisi:

– Yangi O‘zbekistonda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Matematika rivoji uchun ochilgan Al-Xorazmiy maktabi bunga yaqqol misol.

Kelajakda O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish istagi bilan yonayotgan yoshlarni tarbiyalayotgan Prezident maktablari esa ta’lim sohasidagi islohotlarning oliy namunasidir. Bunday dargohlarda ilm olayotgan yoshlar nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Xalqaro olimpiadalar natijalari fikrimizning yorqin dalili.

Bugun bizning bayramimiz, juda ham xursandman. Murabbiylarning mashaqqatli mehnati qadrlanayotgani barchamizni quvontiradi va serquyosh diyoringiz ravnaqi yo‘lida yanada ko‘proq ishlashga undaydi.

Heflin Janna Mari (AQSH), Toshkent shahridagi Prezident maktabi biologiya fani o‘qituvchisi:

– Ustoz va murabbiylarni e’zozlab, ularga yuksak xurmat bajo keltirayotgan O‘zbekiston hukumati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildiraman. Jannatmonand yurtingizda ta’lim tizimini rivojlantirish, muallimlar sha’ni, qadr-qimmatini yanada ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilayotgani barcha ustozlar qatori meni ham quvontiradi.

Prezident maktabi tizimida tashkil etilayotgan o‘quv dasturlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Hozir yangi loyihalar ustida ishlayapmiz, bolalarning ko‘zidagi shijoatni ko‘rib, ilhomlanib ketasan, kishi. Mamlakat yoshlari o‘z salohiyati, iste’dodini namoyon etib, biz, xorijlik o‘qituvchilarni hayratga solmoqda. Bu jamiyat taraqqiyoti sari tashlanayotgan muhim qadamlir.

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Prezident maktablari metodikasining boshqa maktablarga ham tadbiq etilishi o‘quvchilarga xalqaro darajada bilim olish imkonini yaratadi, butun bir tizim jadal rivojlanishiga turtki beradi. Shunday ezgu maqsad yo‘lida faoliyat yuritayotgan har bir inson e’zozga loyiq.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Jovid Akram (Buyuk Britaniya), Toshkent shahridagi Prezident maktabi matematika muallimi:

– O‘zbekistonga tashrif buyurgan paytimdayoq ta’lim tizimiga o‘zgacha e’tibor qaratilishiga guvoh bo‘lganman. Xorijlik mutaxasislar jalb etilishi, xalqaro va mahalliy tizim uyg‘unlashtirilishi ham ayni muddao. Yurtingiz o‘qituvchilari chuqur salohiyatga ega, ular bilan tajriba va o‘qitish uslublarini o‘rtoqlashyapmiz.

Toshkentga oilam – turmush o‘rtog‘im bilan birga kelganmiz, bizga mamlakatingiz juda ma’qul. Ustozlarni e’zozlayotgan, ularning huquqini Konstitutsiya darajasida mustahkamlayotgan bu yurt bizni o‘ziga bog‘lab olgan. O‘zbekistonning yana bir beqiyos jihati – boy tarixi. Bu diyorda ishlash menga ushbu qiziqarli mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkonini ham beradi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/kz67f30wpxQ?si=_eaWEyrFqCZi2D73" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev (muxbir),

Doniyor Yakubov va Nishonboy Abduvoitov (video),

O‘zA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jovid AKROM: Ustoz e’zozlanayotgan O‘zbekistonda ishlash ham sharaf, ham mas’uliyat! (+video)