Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 2-9 sentyabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlari talabalari uchun "Seeds for the Future" nufuzli ta’lim dasturi tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Unda Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Qozog‘iston, Pokiston, Iordaniya kabi mamlakatlardan kelgan vakillar qatorida O‘zbekistonning yettita oliy ta’lim muassasasi talabalari ham ishtirok etdi.  

Qatar Ma’rifat va oliy ta’lim vazirligi tomonidan ushbu ta’lim dasturining birinchi bosqichi yopilish marosimi o‘tkazildi.  

Qatar Aloqa boshqarmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mintaqaviy tadbir mahalliy iste’dodlar bilim almashishi, AKT sektori haqida xabardorlikni oshirish va yosh AKT iste’dodlarining raqamli hamjamiyatini rivojlantirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir.  

Ishtirokchilarga Qatarda sakkiz kunlik intensiv darslar va seminarlarda qatnashish imkoniyati yaratildi. Ular ilg‘or AKT texnologiyalari, ilmiy va texnologik yetakchilik, global mavzular bo‘yicha munozaralar, “Tech4Good” guruh loyihalarini o‘rgandi. Shuningdek, qatnashuvchilar  Dohaning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishga muyassar bo‘ldi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 40 nafar talabadan iborat yettita jamoa BAAning Dubay shahriga – dasturning ikkinchi bosqichiga yo‘llanma oldi.   G‘olib jamoalar  orasida O‘zbekiston, Qatar, BAA, Iordaniya, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston va Ozarbayjon vakillari bor.  

Ayni kunlarda g‘oliblar Dubayda o‘tkazilayotgan ikkinchi bosqichda ishtirok etmoqda. Ular Xitoyda bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda qatnashish uchun qizg‘in bahs olib bormoqda.  

Nasiba Ziyodullayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik talabalar Dubayda yakuniy bosqichda ishtirok etish uchun kurashmoqda