O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi qonun 2023 yil 1 maydan kuchga kirdi.

Qonunga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.   

Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.    

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan bunday normadan asosiy maqsad aholiga yengillik yaratishdir. Biroq ayrim huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmaydi. Ya’ni jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda imtiyoz qo‘llanilmaydi.    

Qonun ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ularning jarima yukini yanada kamaytirish orqali pul mablag‘larining iqtisod qilinishi va jarimalarni ijro etish tizimini yanada soddalashtirishga xizmat qiladi.    

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarimaga oid yengillik bo‘yicha qonun bugundan kuchga kirdi