Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Men befarq emasman” shiori ostida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbeksiton Respublikasi konstutsiyaviy qonuni loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan o‘tkazilayotgan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda institut o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.  

Yoshlarning yangilanayotgan konstitutsiya va referendumga oid bilimlarini, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlar jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari andijonlik tengdoshlari bilan muloqot qildi, o‘zaro fikr almashdi.  

[gallery-11270]

Tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbeksiton Respublikasi konstutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati, yangilanayotgan konstitutsiyaga kiritilgan yangi modda va normalar, joriy yilning 30 aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq referendumi haqida fikr bildirdi.  

Mamlakatimiz Bosh Qomusiga kiritilayotgan o‘zgartishlar, umuman, yangilanayotgan Konstitutsiya yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish uchun muhim huquqiy poydevor bo‘lishi, yurt ravnaqi, fuqarolarning xaq-huquqlari himoyasini mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.  

Tadbir ishtirokchilari yurtimizning barcha yoshlarini 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida faol qatnashishga, yangilanayotgan Konstitutsiyani ma’qullab ovoz berishga chaqirdi.  

F. UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba yoshlar referendumda faol ishtirok etadi