Qishning qahraton sovuq kunlari ham Surxondaryo viloyati IIB JXX yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari nafaqat hududlarda harakat xavfsizligini ta’minlash balki, yo‘llarni qor uyumlari va muzlamalardan tozalash hamda qoidabuzarliklarning oldini olishda ham samarali ishlarni amalga oshirmoqda.
Joylarda tashkil etilayotgan reyd tadbirlarida yo‘l harakati qoidabuzarlarini aniqlab, tegishli chora ko‘rmoqda.
Denov tumani viloyatdagi eng ko‘p transport vositasi harakatlanadigan, odamlar bilan gavjum hududlardan biri. Tumanda o‘tkazilayotgan reydlar chog‘ida ham qo‘pol qoidabuzar haydovchilar aniqlandi. Yengil mashina oynasini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirgan, hujjatsiz harakatlanayotgan, o‘zboshimchalik bilan ruxsatsiz gaz ballon o‘rnatgan va boshqa qonunga zid harakatlarni sodir etayotgan haydovchilar aniqlanib, belgilangan tartibda ma’muriy jazo qo‘llanilyapti.
Avtomashinalar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilmoqda. Viloyat IIB JXX yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati hamkorligida tayyorlangan mazkur videotasvirlar orqali Denov tumanida tunu-kun xizmat qilayotgan xodimlarning bir kunlik reyd tadbirlaridan ayrim lavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/ZuADF17eW-s" title="Reyd tadbiri: qoidabuzar haydovchilarga chora ko‘rilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,
O‘zA muxbiri