“O‘zbekfilm” ochiq pavilonida “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining boshlanishi arafasida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) Toshkent filialining gala-konserti hamda talabalarga bag‘ishlov kechasi o‘tkazildi.

Marosim vokal va raqs jamoalarining chiqishlari va yorug‘lik shousi bilan boshlandi. 

Rossiya Madaniyat vazirligining Kinematografiya boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Davidenko so‘zga chiqdi. 

– 25 yil oldin men mazkur institutning kinoshunoslik fakultetini tugatganman, lekin bugun unda o‘qiyotgan va o‘qiydigan talabalarga havasim keladi. Chunki ularni ham xalqaro, ham ijodiy jihatdan barkamol kelajak kutib turibdi. Men ularga ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman va doimo halol bo‘lishlarini so‘rab qolaman, – dedi D.Davidenko. 

Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ham tadbir mehmonlarini qutladi. 

Eslatib o‘tamiz, “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 13-18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 40 ta davlatidan 500 dan ortiq kinematograflar ishtirok etmoqda. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi. 

D.Mamatova,  
O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali talabalari uchun tadbir uyushtirildi