Mohir rejissyor Zulfiqor Musoqov balandparvozlikdan, pafoslardan yiroq bo‘lgan, haqiqatni boricha ko‘rsatuvchi ijodkor sanaladi. Shu sababli ham uning filmlari xalqimizda katta obro‘ qozongan. Shuning uchun ham rejissyor yaratgan kartinalar xalqaro kinofestivallarda bir necha bor sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida rejissyor Zulfiqor Musoqov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.   

Zulfiqor Musoqov o‘zining “Abdullajon”, “Bomba”, “Yaratganga shukur”, “Kichkina tabib”, “Oyijon”, “Osmondagi bolalar – 1-2”, “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin”, “Qovun”, “Xazonrezgi”, “Novda”, “Dadam betob” kabi filmlari va “Ayol zoti” teleseriali bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Ijodkor filmlari xalqchilligi, samimiyligi, hayot haqiqatini o‘zida ifoda etgani bilan ajralib turadi.   

Rejissyorning «Vatan» filmi 2007 yilda Malayziyada o‘tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda «Osiyoning eng yaxshi filmi» nominatsiyasiga da’vogarlik qilgan. 2011 yilda rejissyor suratga olgan «Qo‘rg‘oshin» badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan «Kinoshok» Xalqaro kinofestivalida qatnashib, «Eng yaxshi ssenariy» nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan.   

Zulfiqor Musoqovning milliy kino san’atimiz rivoji yo‘lidagi mehnatlari yuksak qadrlanib, ijodkor 2003 yilda “Mehnat shuhrati”  ordeni, 2006 yilda esa “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” unvoniga sazovor bo‘lgan.   

Akademik rassomlar, o‘zbek kino san’ati namoyandalari, Badiiy akademiya tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchi, talabalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ijodiy uchrashuvda o‘zbek kino san’atiga oid masalalar, mamlakatimizda kinematografiyani rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.   

Z.Musoqov ishtirokchilarga o‘zining sevimli filmlari haqida gapirdi. Ijodiy loyihalariga to‘xtaldi. Ishtirokchi muxlislarning o‘z ijodiy faoliyati haqidagi savollariga atroflicha javob berdi.  

So‘zga chiqqanlar Zulfiqor Musoqovning o‘zbek kino san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan filmlari bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olganini e’tirof etdilar. Uning ijodiga yangi muvaffaqiyatlar tiladilar. Tadbirda muallifning 2021 yilda 25 kun davomida suratga olingan, sharafli kasb egalari - shifokorlar haqidagi "Kasallik tarixi" filmi namoyish etildi.   
 
Nazokat Usmonova,   
O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahoratli rejissyor bilan uchrashuv