Xabar berganimizdek, joriy yilning 6-13 oktyabr kunlari poytaxtimizda ilk bor dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi.

Xo‘sh, jahon chempionatida dunyoning qancha davlatidan dzyudochilar qatnashadi? Toshkentda kechadigan shiddatli musobaqalarning tafsiloti va jarayonlarini dunyo dzyudo ixlosmandlariga yetkazish borasida xorijiy OAVning qanchasi bugungacha Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan ro‘yxatga olindi? Chempionat doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasining qanday tadbirlari o‘tkaziladi? 

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida chempionatga tayyorgarlikning borishi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi talabidan kelib chiqqan holda musobaqalar jarayonida axborot vositalari xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda so‘z bordi. 

Anjumanda Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi Ulug‘bek Qobulov, Xalqaro dzyudo federatsiyasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Abdullo Murodov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi terma jamoalar menejeri Eldor Qahhorov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berish asnosida chempionatga Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan hozirlik ishlari belgilangan reja asosida olib borilayotganligini ta’kidladi. 

Bugungacha 72 ta mamlakat terma jamoalari Toshkentda o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish talabnomalarini taqdim etgan bo‘lsa, yana 70 ta davlat terma jamoalari talabnomalarni taqdim etish bo‘yicha terma jamoalarining so‘nggi ro‘yxatini shakllantirmoqda. 

Jahon chempionati tafsilot va jarayonlarini dunyo dzyudo ixlosmandlariga yetkazish, uning betakror bellashuvlarini foto va video tasmalarga muxrlash uchun 70 dan ziyod xorijiy axborot vositalari Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan.

Toshkent tatamilaridagi bellashuvlarning yana bir e’tiborli jihati, unda o‘nlab Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari g‘oliblari qatnashadiki, bunday betakror bellashuvlarni bevosita sport maydonida tomosha qilish, uning zavqidan bahra olish yosh dzyudochilarning kelgusi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatlar inobatga olingan holda mamlakatimizning barcha hududlaridagi yosh dzyudochilar uchun maxsus sektorlar ajratiladi. 

Shuningdek, chempionat doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasining navbatdagi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi ham Toshkentda o‘tishi, unda dzyudoning xalqaro rivoji borasida bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilayotganligi ta’kidlandi.

Matbuot anjumani so‘ngida mutasaddilar ommaviy axborot vositalari xodimlariga medallar dizayni, musobaqalar o‘tadigan “Humo” sport saroyi atrofida milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari tashkil etilishi, savdo yarmarkalari uyushtirilishi, jahon chempionati ochilish marosimi, shuningdek, musobaqa ramzi sifatida “polvon ayiqcha” tanlanganligiga oid jihatlarni so‘zlab berishdi. 
 
To‘lqin Ro‘ziyev, 
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Toshkentda o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik qay darajada?