Yerdan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta’minlash, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik, shu orqali yer hisobi va uning nazoratini aniq yuritish kadastr agentligining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Agentlikning Buxoro viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan kadastr sohasiga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yerlarning hisobini yuritish bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida keng ko‘lamli ishlar olib borildi.  

Viloyatda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona hamda samarali foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilari, fuqarolar ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazildi. Yuqoridagi targ‘ibot ishlarida asosan, yerlarni asrab avaylash, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan, sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini hamda ulardan belgilangan maqsadda, samarali va oqilona foydalanishni targ‘ib qilish, uy-joy va tegishli ko‘chmas mulklarni kadastr hujjatlarini tayyorlash, o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan fuqarolar va tadbirkorlarga tegishli tushunchalar berildi.  

Bundan tashqari, yerga oid qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan joylarda yer va kadastr nazoratchilari tomonidan aniqlangan qonun buzilish holatlari hamda ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida o‘tkazilgan monitoring o‘rganishlar natijasida joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida viloyat bo‘yicha 685 ta holatda 124 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.  
Yerdan foydalanish bo‘yicha qonun buzilish holatlari tahlil etilganda 263 ta holatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 97,89 gektar, 411 ta holatda aholi punktlaridagi 25,78 gektar, 5 ta holatda esa sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan 0,03 gektar yer maydonlari noqonuniy jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan egallab olinganligi ma’lum bo‘ldi.  

Bunday qonun buzilish holatlarini bartaraf etish, qonunbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish bo‘yicha ham zarur ishlar olib borildi. Jumladan, g‘ayriqonuniy harakat qilgan fuqarolar hamda vakolatli idoralarga ogohlantirish xatlari yuborilib, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 151 ta holat natijasida o‘zboshimchalik bilan egallangan 44,01 gektar yer maydoni dastlabki holatiga qaytarildi. Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallangan 27,42 gektar yer maydonidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha sudlarga 427 ta da’vo arizalari kiritilgan. Shundan 220 ta holatda 17,8 gektar yer uchastkalarini qaytarish bo‘yicha kiritilgan da’vo arizalari sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.  

Bundan tashqari, ma’muriy amaliyot, ya’ni fuqarolarning o‘zlariga tegishli yer maydonlarini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish singari yo‘nalishlar bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan fuqarolarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi tuman shahar bo‘limlari tomonidan 1905 ta holatda ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. Jumladan, qo‘llanilgan jarimalarning aksariyati yer uchastkalari hamda bino–inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlari bo‘lib, ushbu holatda jami 1285 tada huquqbuzarlik aniqlangan. 

Umuman olganda, Yer va kadastr nazorati yo‘nalishidagi holatlarga e’tibor qilinsa, asosiy yer qonun buzilish holatlari bu — yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab qurilish ishlari bajarish ekanligi ayon bo‘ladi. Shu o‘rinda fuqarolar va tadbirkorlardan o‘z haq-huquqlari va majburiyatlarini vaqtida ado etishlari zarurligini ta’kidlamoqchiman. Ya’ni yer uchastkasi yoki ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lishi bilan uni tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat qilishlari hamda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik talab qilinadi.  

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha viloyat hududida yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolar o‘rtasida belgilangan tartiblar asosida tushuntirish-targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilgan.  
 
Ya.Habibov,  
Kadastr agentligi Buxoro 
viloyati boshqarmasi boshlig‘i 
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerdan samarali foydalanish doimiy nazoratda