2021 yil 16 sentyabrdagi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi qo‘shimcha, 25-1-bob soddalashtirilgan tartibda ish yuritish bo‘yicha to‘ldirildi, qonun 2021yil 17 sentyabrdan amalda.

Mazkur bob, FPKning 279-1-moddadan 279-5-moddalarini o‘z ichiga qamrab oladi.

Soddalashtirilgan ish yuritish da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalariga ko‘ra, o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Agar da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan o‘n baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa besh baravaridan oshmasa, da’vo arizalari bo‘yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozim.

Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida quyidagi ya’ni,

1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;

2) qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki qo‘shimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitish zarur bo‘lsa;

3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bog‘liq bo‘lsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli bo‘lsa yoki mazkur ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin bo‘lsa;

4) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida ushbu bobda belgilangan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lmagan qarshi da’vo berilgan bo‘lsa, sud ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish haqida ajrim chiqaradi.

Ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish to‘g‘risidagi ajrimda umumiy tartibga o‘tish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Ajrim chiqarilganidan keyin ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.

O‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab bildirilgan bo‘lib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga taalluqli bo‘lgan, boshqalari esa ularga taalluqli bo‘lmagan taqdirda, barcha talablar da’vo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rilishi lozim.

Ishni ko‘rish muddati ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.

Mazkur norma talabiga ko‘ra, istisnolar bo‘lmagan holatda da’vogarning iltimosnomasiga ko‘ra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin. Aytish lozimki, ushbu tartibda ish yuritish fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar uchun yangi amaliyot hisoblanadi.

Bu tartibda ish yuritishda hamda da’vo arizasi berilib, arizaga nisbatan FPKning 189, 191-moddasidako‘zda tutilgan talablar qo‘yiladi.

Shuningdek, arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi sudning ajrimida ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rilishihamda ish ko‘rib chiqiladigan sanako‘rsatiladi, shu bilan birga ajrimda javobgarga da’vo arizasiga doir yozma fikrni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar taqdim etishzarurligi ko‘rsatiladi.

Sud ajrimi bilan bir vaqtda javobgarga da’vo arizasi (arizaning) va ilova hujjatlar ko‘chirma nusxalari darhol pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuboradi.

Javobgar da’vo arizasiga doir yozma fikrini sudga o‘zi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.

Yozma fikrga uning ko‘chirma nusxasi da’vogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Da’vo arizasiga doir yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Javobgar tomonidan da’vo arizasiga doir yozma fikr taqdim etilmaganligi da’vo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilayotgan ish arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan (umumiy tartibda 1 oy) oshmagan muddatda sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini o‘tkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan ko‘rib chiqadi.

Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, e’tirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi hamda hal qiluv qarorini qabul qiladi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinadi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo‘lsa, qabul qilinganidan keyin o‘n kun (umumiy tartibda 1 oy) o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.

Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Qabul qilingan hal qiluv qarori sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ijro etilishi lozim.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori apellyatsiya va kassatsiya tartibida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ushbu institutning da’vo, alohida tartibdagi ish yuritishdan farqi sud muhokamasi o‘tkazilmaydi, sud buyrug‘idan farqi ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinib, qaror nizoli ishlar bo‘yicha qabul qilinadi.

Luqmon Kadirov,

Buxoro viloyat sudining raisi

O‘tkir Razikov,

fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumanlararo sudining raisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish