“Buxoro Silk servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati Buxoro tumanida pillani qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona sifatida ichki imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Aholi daromadlari va moddiy manfaatdorligini ta’minlash maqsadida Yangi turmush, So‘fikorgar, Bog‘ikalon, Ko‘chko‘mar, Yangiobod, Gulshanobod, Qavola Mahmud, Rabotqalmoq, Shexoncha kabi 14 ta hududdagi jami 1,4 mingtadan oshiq pilla boquvchi oilaviy zvenoda yetishtirilayotgan “kumush tola” ning buyurtmachisi ham aynan mazkur korxona hisoblanadi.

Galaosiyo shahri Navro‘z mahallasida ipakni qayta ishlab, undan tola ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Buxoro Silk servis” korxonasi 2010 yildan faoliyat boshlagan bo‘lib, o‘tgan yillar mobaynida Buxoro, Romitan, Peshku tumanlaridagi xo‘jaliklarda yetishtirilgan pilla hosiliga buyurtmachi va qayta ishlovchi sifatida ish yuritib, asosan chet eldagi hamkorlarga sanoat uchun qimmatbaho ipak tola eksporti bilan shug‘ullanib kelmoqda. 

Uch yil avval tuman “kumush tola” ijodkorlari tomonidan maxsus inkubatoriyalarda jonlantirilgan 3829 quti ipak qurti parvarishidan 250 tonnadan oshirib sanoat uchun qimmatbaho xomashyo tayyorlangan. Joriy mavsumda fermer xo‘jaliklari va ular bilan shartnoma tuzgan kasanachilar, oilaviy zvenolar hisobidan 4317 quti ipak qurtidan 263 tonnaga yetkazib pilla xirmoni bunyod etish ko‘zda tutilmoqda. 

Albatta, pilla parvarishining o‘ziga yarasha sir-sinoati bor. Pilla qurti, ayniqsa, tozalik va me’yoriy ob-havo haroratini yaxshi ko‘radi. Hududda ipak qurti parvarishiga start berilgani munosabati bilan “Buxoro Silk servis” MCHJ tomonidan ayni kunda 2900 nafar kasanachi bilan shartnoma tuzilib, jonlantirilgan urug‘ni o‘z vaqtida oilaviy zvenolarga tarqatish choralari ko‘rilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2900 nafar kasanachi bilan shartnoma tuzildi