Dastlab Malayziya tomoniga 2019-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining bankrotlik toʻgʻrisidagi Qonuniga kiritilgan muhim oʻzgarishlar va tuzatishlar haqida maʼlumot berildi.

Oʻzbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov Malayziya Bosh vaziri huzuridagi Bankrotlik boʻyicha davlat qoʻmitasi (Malaysian Department of Insolvency - MDI) raisi Anita Xarun bilan uchrashdi. Bu haqda mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Dastlab Malayziya tomoniga 2019-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining bankrotlik toʻgʻrisidagi Qonuniga kiritilgan muhim oʻzgarishlar va tuzatishlar haqida maʼlumot berildi. Bu oʻzgarishlar iqtisodiy nochor va foyda keltirmaydigan xoʻjalik subyektlariga nisbatan keng koʻlamda sogʻlomlashtirish amaliyotini qoʻllash, shuningdek bankrotlik tartibini, qarzlarni qaytarish muddati va koeffitsiyenti koʻrsatkichlarini takomillashtirishga qaratilgani qayd etildi.

Anita Xarun Oʻzbekistonda aholi va biznesni yana-da qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi.

Tomonlar pandemiya sharoitida ishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolish va aholi bandligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotning koʻproq zarar koʻrgan tarmoqlariga har tomonlama koʻmaklashish dolzarbligini taʼkidladi.

MDI rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga jiddiy qiziqish bildirdi.

Muloqot yakunida Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Malayziya Bankrotlik boʻyicha davlat qoʻmitasi oʻrtasida, jumladan, korxonalarning toʻlov qobiliyatini yoʻqotganligi bilan bogʻliq muammolarni hal etish va bankrotlik tartibi masalalarini takomillashtirish boʻyicha tajriba almashish, shuningdek ushbu yoʻnalishlarda onlayn-servis xizmatlarini joriy etish yoʻli bilan hamkorlik oʻrnatish masalalarini muhokama qilish uchun videokonferensiya tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov qobiliyatini yoʻqotganlik toʻgʻrisidagi qonuni loyihasini ishlab chiqishda Agentlikka maslahat koʻmagini koʻrsatish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Maʼlumot oʻrnida: 1995-yilda tashkil etilgan Malayziya Bankrotlik boʻyicha davlat qoʻmitasi mamlakat hukumati tasarrufidagi toʻlov qobiliyatini yoʻqotganlik va bankrotlik masalalari bilan shugʻullanuvchi bosh muassasa hisoblanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya Bankrotlik boʻyicha davlat qoʻmitasi rahbariyati bilan uchrashuv toʻgʻrisida