Oilada erkak va ayolning oʻrni
Muqaddas islom dini taʼlimotida oilaviy hayot muqaddas hisoblanadi.
Muqaddas islom dini taʼlimotida oilaviy hayot muqaddas hisoblanadi. Chunki, oila jamiyat binosining asosi, bir boʻlagidir. Agar binoning asosi sogʻlom boʻlsa, bino ham mustahkam boʻladi, aks holda bunday bino yemirilish va qulash xavfi ostida qoladi. Aynan shuning uchun dinimizda oila masalasiga benihoya jiddiy eʼtibor qaratiladi, uning mustahkamligi, er-xotin oʻrtasidagi mehr-muhabbat davomiyligini taʼminlash uchun oʻziga xos qonun-qoidalar mavjud.
Oilada er va xotinga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq va huquqlari belgilab berilgan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilsa, bir-biriga nisbatan zimmalaridagi burch va masʼuliyatini his qilib, sitqidildan ado etsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday namunaviy oilada tugʻilgan farzandlar ham goʻzal tarbiya topadi va kelajakda ulardan jamiyatga foydasi tegadigan buyuk insonlar yetishib chiqadi.
Bordiyu, er va xotin bir-birining haq-huquqini tanimasa, balki, ularni poymol qilsa, tabiiyki, unday oilada tinchlik va xotirjamlik boʻlmaydi, oʻzaro mehr-muhabbat zavol topadi. Oila parokanda boʻlish va parchalanish xavfi ostida qoladi. Shu bois ham dinimiz er va xotinning har biriga oʻziga xos huquqlar ato etib, maʼlum majburiyatlarni ham yuklagan. Mazkur huquqlarning baʼzilari er va xotin oʻrtasida mushtarak boʻlsa, baʼzilari erga tegishli va yana baʼzilari xotinning oʻziga tegishli boʻlgan huquqlar hisoblanadi.
Islomda er va xotinlik aloqalari eng muqaddas insoniy aloqa ekan, mazkur aloqalar qay tarzda yoʻlga qoʻyilishi kerakligini ham bilishimiz va mazkur bilimga amal qilishimiz lozim. Er-xotinning oʻzaro munosabatlari qanday boʻlishi kerak? Er kimu, uning qanday majburiyatlari bor? Xotin kimu, uning qanday majburiyatlari bor? Ikkovining qanday oilaviy huquqlari bor? Bir-birlariga munosabatlari qay tarzda boʻlishi kerak?
Shariatimizda shunga oʻxshash savollarning barchasiga javob berilgan. Qurʼoni karim oyatlari va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida bu masala atroflicha yoritilgan. Mujtahid ulamolarimiz mazkur oyat va hadislardan koʻplab hukmlarni chiqargan. Bularning eng asosiylari erkaklar oila koʻrki boʻlgan ayollarimizga chiroyli muomala koʻrsatishi, shirinsoʻz boʻlishi va har tomonlama yaxshilik qilishi lozim. Ularning feʼl-atvoridagi biror harakat yoqmagan taqdirda ham qoʻpollik qilmasdan, shirinsoʻzlik bilan kamchiliklarini aytish, ularni tuzatishga koʻmaklashi kerak boʻladi.

Chunki har narsada Allohning biz bilmagan, aqlimizga kelmagan hikmatlari bor. Ayollarning hulqlarida bir emas, bir necha yaxshilik borligi maʼlum. Oila saranjom-sarishtaligi, kiyim-kechak va uylarning pok va ozodaligi, taom tayyorlash borasidagi minnatsiz xizmatlari va eng muhimi, toʻgʻri tarbiya berilgan, koʻzlar quvonchi boʻlmish solih farzandlarni voyaga yetkazishlari shunday yaxshiliklar sirasiga kiradi. Bu haqda hazrat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Moʻmin erkak moʻmina xotiniga gʻazab qilmasin. Agar uning xulqidan, biri yoqmasa, ikkinchisi xursand qiladi”(Imom Buxoriy rivoyati).
Har bir erkak ayoliga gʻamxoʻrlik koʻrsatishi, muomala madaniyatiga ahamiyat berishi, berilgan buyuk marhamatni eʼzozlashi kerak. Avvalo unga muhabbat qoʻyish uchun erkak kishi insonparvarlik, mardlik nuqtayi nazaridan, ayol bilan hamfikr va hamnafas boʻlishga intilishi lozim. Ayniqsa hozirgi kunda yurtimizda boʻlayotgan karantin sabab uyda qolingan vaqtlarda agar, ayol kishi ovqat tayyorlagan boʻlsa, biror xabar yoki voqeani aytsa, er unga eʼtibor qilishi, munosabatini bildirishi darkor.

Uy ishlarida yordam berib, ogʻirini yengil qilishi ayolning koʻnglini koʻtaradi, oʻrtadagi mehr-oqibat rishtalari mustahkamlanishiga sabab boʻladi. Bu haqda Alloh taolo: “Ayollar ila yaxshi muomalada boʻlib hayot kechiringlar”, deb marhamat qilgan (Niso, 19). Shundan kelib chiqib komillikka intilgan har bir erkak oilada oʻziga hayotiy hamroh boʻlayotgan ayolining barcha axloq va xilqatini toʻla tushunib, unga yaxshi muomalada boʻlishi lozim.
Oilaviy janjal va kelishmovchiliklarning oldini olishda ayollarga ham bir necha vazifalar yuklanadi. Ayol esa hamisha bolalari bilan birga, ularning taʼlim-tarbiyasi, parvarishi bilan mashgʻul boʻladi. Ayol oila hayotining hamma sohasida erining yoʻl-yoʻriqlari, koʻrsatmalari, talablari asosida ish tutishi kerak. Aks holda, oilaning moddiy barqarorligini taʼminlash uchun doimiy harakatda, mehnatda boʻlgan erni uyda ham muntazam notinchlik, muammolar kutib tursa, u asabiy, tajang boʻlib qoladi, sogʻligini yoʻqotadi. Shuni unutmaslik kerak, oʻz uyida tinchlik-xotirjamligi boʻlmagan er bunday osoyishtalikni boshqa joydan izlab qolishi mumkin.
Dono, zukko ayol bunday holatning oldini oladi, muammolarni yechishda barcha tajribalarga suyanadi. Ayniqsa, hozirgi sinovli kunlarda oʻta zarurat boʻlmaganida hayot ehtiyojlari – kiyim-kechak, yeyish-ichish, uy-roʻzgʻor buyumlari sotib olishni cheklaydi va buni muammoga aylantirmaydi. Erining kayfiyatiga qarab oʻrinsiz savollardan tilini tiyadi, boʻlar-boʻlmasga arazlamaydi, gina saqlamaydi, aql bilan ish koʻradi, turmush oʻrtogʻining koʻnglini olish, farzandlari tarbiyasi bilan shugʻullanishga harakat qiladi.

Abdulhay TURSUNOV,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining
Namangan viloyatidagi vakili